QANDAY QILIB O’Z QO’LLARINGIZ BILAN SAYT YARATISHINGIZ MUMKIN – TO’LIQ QO’LLANMA

Hech qanday bilimga ega bo’lmasdan turib, bepul o’zimiz qanday qilib sayt yaratishimiz mumkin? “Domen” va “hosting” tushunchalari haqida ko’rib chiqamiz. Bu o’zi nima va ular nega kerak? “Konstuktorlar”, “CMS” va “Noldan” yaratilgan saytlar haqida. Ularni farqi va imkoniyatlari. To’liq ushbu maqolada!

Agar Sizga tepada ko’rsatilgan mavzular juda qiziq bo’lsa va muhim ekanligini tushunayotgan bo’lsangiz, unda savollaringizga to’liq javob berishga harakat qilamiz. Zamonaviy va funksional saytlarni yaratishni o’rganib, Siz o’zingizga internet biznesda proektlar yaratishingiz, boshqalarga sayt yaratish xizmatini taqdim etib pul ishlashingiz mumkin yoki oddiy sayt yaratishni bilish internetda katta sharafdir 🙂

SAYT YARATISH O’ZI NIMADAN BOSHLANADI?

Umuman sayt yaratilayotganda, uning to’liq maqsadidan chiqib sayt yaratiladi. Har bir saytning o’zini maqsadi mavjud.

QAYSI MAQSADDA SAYT YARATILISHI MUMKIN?

To’liq nazar bilan internetni aylanib shu narsaga e’tibor berish kerakki, yangi saytni yaratish maqsadlarini ikki bo’limga bo’lish mumkin:

  • tijoratli
  • tijoratsiz

Tan olish kerak, saytlarning ko’pchiligi aynan tijoratli maqsadda yaratilgan. Keling, bularning misollarini ko’rib o’tamiz.

Demak, tijoratli sayt quyidagi maqsadlarda yaratilishi mumkin:

  • Xizmat yoki mahsulotlarni sotish (qwerty.uz, click.uz) ;
  • Shaxsiy yoki siyosiy piar (get-money.uz, xushnudbek.uz);
  • keyinchalik daromad olish uchun qimmat baholi ma’lumotlarni yetkazish (infodavron.uz, bitok.uz);
  • kompaniyaning ijobiy tasvirini oshirish (libinvest.uz, agros.uz);
  • mijozlar uchun sayt yaratish (my.click.uz, merchant.click.uz).

Sayt yaratishning notijorat maqsadlariga kelsak, ular orasida hayriya tashkilotlari uchun internet-resurslar, shuningdek, foydalanuvchi guruhlari o’rtasida turli kontent va ma’lumotlarni almashish uchun mo’ljallangan internet saytlarini yaratish mumkin (facebook, instagram).

SAYT YARATISHDAN OLDIN VAZIFALARNI ANIQLASH

Avvalambor, har qanday yaxshi tashkil etilgan sayt eng keng ko’lamli vazifalarni hal etishga qodir ekanligini ta’kidlash kerak. Misol uchun:

  • Sizning biznesingiz uchun maqsadli tashrif buyuruvchilar oqimini shakllantirish;
  • potensial mijozlardan kelib tushgan arizalarni samarali qayta ishlashni tashkil etish;
  • kompaniya yoki shaxsiy brendni rivojlantirish;
  • potensial mijozlar tomonidan ishonchni shakllantirish;
  • matn, rasm, shuningdek, video va audio materiallar kabi eng ko’p terilgan formatlarda dolzarb ma’lumotlarni taqdim etish;
  • saytga tashrif buyuruvchilarning qiziqish bildirgan fayllarini yuklab olish imkoniyatini, masalan, narx-navo ro’yhati yoki taklif etilayotgan mahsulot taqdimoti;
  • sizning biznesingizni avtomatlashtirish;
  • va yana ko’p narsalar.

Sizning saytingiz qanday vazifalarni hal qilishini bilasizmi? Bu juda muhim, chunki faqat belgilangan vazifalarga asoslanib, siz internet-resursingizni yaratish uchun eng mos bo’lgan sayt turini tanlashingiz kerak.

SAYT YARATISHNING TEXNIK JIHATLARI

O’z veb-saytingizni yaratishning texnik jihatlari asosan kerakli vositalarni to’g’ri tanlashga bog’liq. Avvalo, bugungi kunda saytni mustaqil yaratishning uchta asosiy usuli borligini tushunish kerak:

  • konstruktorlar yordamida;
  • CMS-sistemasi orqali;
  • saytning manba kodini mustaqil ravishda yozish orqali;

Keling, ushbu usullarning har birini batafsil ko’rib chiqaylik. Bizning fikrimiz bo’yicha boshlanuvchilarga to’g’ri keladigan usullarni ko’rib chiqamiz.

Sayt konstruktorlari

Ular yordamida hozir kichik sayt yaratish imkoni bor. Hech qanday bilimga ega bo’lish shart emas. Konstruktorlar internetda juda ko’p, o’zingizga to’g’ri keladiganini tanlab, tekin versiyada to’liq qilib bo’lgach oddiy tarifli aktiv statusga o’tsangiz bo’ldi.

Eng mashhur konstruktorlar:

va boshqalar

Lekin, bu usul bilan sayt yaratishni o’rganib Siz deyarli hech nimaga erishmaysiz. To’g’ri bir xilgi paytlar 1-2 soat ichida sayt yaratish kerak bo’ladi va buning uchun albatta bular ideal variant bo’ladi, ammo bu usul bilan Siz moliyaviy shug’ullanishingiz qiyin va shaxsiy saytingiz sifatida daromad manbayiga uni aylantirishingiz juda murakkab bo’ladi! Yana bo’lsa, konstruktorlar ham arzon emas, va bu yana bir kamchiligi demakdir. Eng yomon kamchiligi shundaki, saytingiz chegaralangan funksionalga ega bo’ladi. Siz o’zingiz xohlaganingizdek saytingizni yarimini ham yarata olmaysiz!

CMS orqali

Bu usulni tajribali dasturchilar juda kamsitishadi, o’zim ham ularni qatoriga kirmasam ham, ularni to’liq tushunaman. Sababi, tajribali dasturchi uchun chegara deyarli yo’q)

CMS orqali yaratadigan bo’lsangiz, u juda katta funksionalga ega bo’lishi mumkin.

Bu usul yordamida sayt yaratish uchun bilim uncha kerak bo’lmaydi, ammo saytingiz ko’pchiliknikiga o’xshash bo’ladi va unday saytlarni “shablonli saytlar” deb atashadi.

Agar Sizning Html/Css/Php yoki Js bilimlaringiz bo’lsa, deyarli xohlaganingizdek sayt yarata olasiz. Ishoning, o’zim oldin faqat shunday yaratib kun kechirar edim…

Eng mashhur CMS-sistemalar:

  • WordPress
  • Joomla
  • OctoberCms
  • Drupal
  • DLE

Lekin, bu yerda ham kamchiliklari yo’q emas. Birinchidan, saytingiz baribir chegaralangan funksionalga ega bo’ladi, bu bir. Ikkinchidan, agar qiyinroq proekt qilishni ko’zlab qo’ygan bo’lsangiz, baribir juda kuchli bilimga ega bo’lishingizga to’g’ri keladi.

Mustaqil sayt

Uning nomi o’zi unday emas, uni “noldan” deb ko’pchilik atashadi.

Bunday saytlarni faqat dasturchilar yarata olishlari mumkin, shuning uchun Siz birinchi qadam bilan web-dasturlashni o’rganishingizga to’g’ri keladi)

Web-dasturlashni 2 ta asosiy yo’nalishi mavjud:

  • Front-End
  • Back-End

Front-End – sayt/ilovaning tashqi ko’rinishiga javob beradi. Misol uchun, click.uz saytiga kiradigan bo’lsak, ko’rishimiz mumkin u juda chiroyli, uni tashqi ko’rinishini dizayner yasagan bo’lsa, front-end dasturchi uni dizaynini brauzerga ko’chirgan.

Front-End dasturchi hozirgi kunda Html/Css/JavaScript/React, VueJs yoki Angular freymvorklarini bilishi lozim. Yana WebPack bilan ishlashni ham bilishi shart. NodeJsni qisman bilish ham muhimdir.

Back-End dasturchi esa sayt yoki ilovaning ichki ko’rinishiga javob beradi. Algoritm, ma’lumotlar tayanchiga javob beradi. Misol uchun saytning back-end qismini ko’pchilik hozir Laravel freyvorkida yaratadi.

Back-End dasturchi PHP va qaysidir freymvork bilan ishlashi zarur, Mysql yoki Mssql bilan ham ishlashi lozim. Yana WebPack va boshqa instrumentlar bilan tanish bo’lishi shart!

Sayt turlarini bilib oldik, endi asosiy maqsad, uni qanday qilib internetga chop etamiz?

Bu juda oson, hosting va domen sotib olib uni bir biriga ulash kerak xolos.

Hosting va domen

Hosting – bu internetdagi joy, ya’ni saytingizni turar joyi desam ham bo’ladi…

Har bir saytni o’zini serveri bor, lekin ko’pchilik saytlar aynan hosting xizmatlari bilan foydalanadi va hosting servislar aynan serverlarni oddiy foydalanuvchilarga taqdim etadi. Uni xohlagan odam sotib olishi va foydalanishi mumkin.

Domen – bu internetdagi manzilingiz. Domen 3 ta darajaga bo’linadi:

  • Birinchi daraja – .com, .uz, .ru, .info va boshqalar
  • Ikkinchi daraja – google.com, get-money.uz, mail.ru va boshqalar
  • Uchinchi daraja – mail.google.com, pm.gov.uz va boshqalar

Birinchi darajali domenga qarab ikkinchi darajasini Siz pulga sotib olasiz, uchinchi darajali domenni ikkinchi darajali domenga sotib olganingizdan so’ng xohlaganingizcha uni yaratishingiz mumkin…

Demak, xulosa, birinchi nima uchun sayt yaratasiz, shuni aniqlab oling. Ikkinchi qadam, sayt yaratish uchun o’zingizga qulay bo’lgan usulni tanlab yarating. Hosting va domen sotib oling, uni bir-biriga bog’lang va saytingizni hostinga ko’chirasiz. Saytingiz tayyor)

Albatta, so’z bilan oson, amalda esa bu qiyin. Ayniqsa mustaqil sayt yaratishni xohlagan bo’lsangiz.

Hozircha do’stlar, shular. Keyin maqolalarda to’liq har birini ko’rib chiqamiz)

11 комментариев

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *