Hammaga salom! Bu maqolada, qanday qilib Yandex Taxiga ulanish mumkinligi haqida bilib olamiz.
Yandex Taxi – bu servis haqida juda ko’p ga’p bo’lgan, O’zbekistonga esa yaqindagina kirib keldi. Deyarli hamma yo’lovchilar servisdan minatdor, haydovchilar esa 2ga bo’linib olishgan (ulanganlar va ulanmaganlar). Ulanganlar ro’yhatdan o’tishgan, shartnoma tuzishgan va ishlashni boshlashgan. Bu maqolada biz, qanday qilib vositachilarsiz Yandex Taxiga ulanish mumkinligini va uning uchun nima qilish kerakligini bilib olamiz.
Shaxsiy avto yordamida yandex taxida ishlash
Yandex Taxi O’zbekiston bozoriga 2018 kirib keldi. O’zbekistonda MyTaxi, GoTaxi va boshqa servislar bor edi, ularni sa’figa Yandex Taxi ham qo’shildi. Bozor juda tez o’zgara boshladi, odamlar ko’chada taksini to’xtatishni sekin-sekin kamaytirishmoqda, Yandex Taxi 2018 yili AppStore va Google Play servislarida birinchi o’ringa chiqib oldi (O’zbekiston bo’yicha).
Yandex Taxi – MDX davlatlarida juda mashhur taksi-servisi. G’arbda esa Uber mobil ilovasi mashhur.
Siz Yandex Taxida offitsial partner sifatida ishlashingiz mumkin. Shaxsiy avtoda yoki arendaga olingan avtoda ishlash mumkin – hal qilish o’zingizga.
Yandex Taxida partner sifatida ishlashni afzalliklari
Partner sifatida Yandex Taxida ishlashni yaxshi tomonlari mavjud:
- Siz masofadan turib ulanishingiz mumkin bo’ladi, 5-6 daqiqada
- Siz rasmiy ravishda ulanasiz, ya’ni Siz uchun sug’urta va soliqlar to’lanadi
- Har qanday vaqtda daromad rasmiy tasdiqlash qog’ozi
- Maxsus texnik yordam liniyasi
- Pul har kuni hisob raqamiga o’tkaziladi.
Umuman olganda, Yandex Taxi bitta oddiy sabab bilan qulay: agar Siz pul ishlashni istasangiz, Sizda shunday imkoniyat aniq bo’ladi. Siz ko’cha taksi haydovchilarining odatiy holatiga duch kelmaysiz (buyurtma to’grirog’i mijoz yo’qligi). Taksistlar, ishga chiqsammikan yoki dam olsammikan degan vaqtlar o’tdi, Yandex.Taxida albatta mijozlaringiz bo’ladi!
Qanday qilib Yandex Taxiga to’g’ridan-to’g’ri ulanish mumkin?
Endi asosiy masalaga o’tamiz – qayerda Yandex Taxiga to’g’ridan-to’g’ri ulanish mumkin. Agar hozir “Yandex Taxiga ulanish” deb, google saytiga yozadigan bo’lsak, har xil avtoparklar o’z xizmatini taqdim etishadi. Ularning qismani: “To’g’ridan-to’g’ri ulanish” deb, yozishi va aytishi mumkin, lekin, bu unday emas! Ular haydovchilarni jalb qilib, pul topishadi.
To’g’ridan-to’g’ri Yandex Taxiga ulanish uchun, ushbu saytga o’tish lozim: https://taxi.yandex.ru/driver-partner/el/
Bu, bitta bo’lgan offitsial sayt. Kiring, shakilni to’ldiring, qo’llanma bilan tanishib chiqing va kichik testdan o’tganingizdan so’ng hammasi muvaffaqiyatli o’tishi kerak!
Yandexda offitsial tarzda hamkor sifatida ishlash – bu Rossiyani eng yirik kompaniyalardan biri bilan ishlash imkoniyatini beradi. O’zini sohasida mashhur bo’lmagan bo’lsa ham, juda yaxshi ilova. Yomon bo’lmagan daromad, mijozlarni qidirmaslik va oddiy avto (va smartfon) bilan ishni boshlash! Tezroq ulaning, vaqtingiz bo’lsa hamkor sifatida, bo’lmasa, hamkorlar yordamida.
Salom shamrok temasini tilini qanday ozgartirsam boladi
Salom, shablonda o’zi bo’lmasa, redaktorga kirib kereli joylarini tarjima qilas. HTML va PHP bilimlari kere bo’ladi, ozgina)
Joylolmadim vediolarni
Zorr okala
Мани такси парким бор Яндекс такси Билан кандай хамкорлик килсам булади бу сохрани тушунганлар ёрдам беринглар +998*********
Salom. Maqolada yozilgan…
Sizlarda arendaga moshina ham bormi
Yoq