Internetda pul ishlash – real nazar qarash

Hammaga Salom, Aziz do’stlar! Mening bilan – XaypMonster, web-dasturchiman. Get-money.uz saytiga xush kelibsiz! Bugungi maqola har doimgidek internetda pul ishlash haqida bo’ladi.

Mening saytim 2016-yildan boshlab ish yuritib bormoqda va saytimga 2017-yildan beri yuzlab odamlar tashrif buyurishadi. Shu 3 yil mobaynida menga umumiy 14500 ta murojat kelgan, shuning yarimidan ko’pi esa quyidagicha bo’ldi: “internetda qanday pul ishlash mumkin”.

Bu savolga javob berish oson tuyiladi, ammo afsuski bu unday emas. Biz oddiy internet foydalanuvchisi bo’lsak ham, hammamiz har xilmiz. Har birimizda o’zimizni qiziqtiradigan narsalarimiz, bilimlarimiz bo’ladi va bir so’z bilan aytganda, hammamiz bir xil emasmiz. Shuning uchun ham men shu savolga bitta qilib javob bera olmayman. Aksincha, alohida tushuntirib o’taman.

Bu maqolada men, umumiy tarzda ushbu savolga javob berishga baribir harakat qilib ko’raman. Sizlarga bitta harfini ham qoldirmasdan o’qishni tavsiya qilaman.

Internetda qanday pul ishlash mumkin

Men ushbu ko’plab murojatlardan so’ng, umumiy tarzda o’zim uchun murojatlarni bir necha toifaga bo’ldim.

MUROJAT QILGAN ODAMLARNING FIKRLARINI BO’LINISHI TURLARI:

YANGI KELGAN

Birinchi toifa, endi internet biznesga kirib kelgan odamlarni qo’shdim. Tasavvur qiling, Siz faqat telegram va instagram kabi tarmoqlardan foydalanib kelgansiz, internetda pul ishlash mumkinligini bugun bilib qoldingiz. Albatta, boshida bunga ishonish qiyin bo’ladi, ammo hayolda bu orzuga o’xshaydi, uydan chiqmasdan turib yaxshigina pul ishlash, ajoyib his-tuyg’ular to’g’rimi?

Meni bu odamlarga 2 ta xabarim bor, yaxshisidan boshlasak – internetda pul topish mumkin va shu tarzda hozirgi kunda yuzlab mamlakatlarda millionlab odamlar internetda pul ishlab keladi. Yomon xabarim esa shuki, tez va oson daromad olish bo’lmaydi, buni orzu ham qilmasangiz bo’ladi. Yaxshigina mehnat orqali sizni qoniqtiradigan foydaga erishasiz.

Xulosa shuki, internetda pul topish mumkin va mehnat orqali albatta bunga erishaman deb fikrlaydigan odamlar natijaga erishishi aniq.

Agar Siz ham boshlanuvchi bo’lsangiz, unda mehnat nima ekanini bilishga Sizni taklif qilaman. Xo’sh endi, kapchalarda pul ishlash yo’lini ushbu maqolani o’qib sinab ko’ring.

Saytchilar

Ikkinchi toifa, saytchi odamlar. Ular internetda pul ishlash mumkinligini biladi va ko’plab videolarni YouTube orqali ko’rib, guvoh bo’lishgan va har xil saytlarda kam bo’lsada, birinchi daromadini olishgan. Ular bitta sistema bilan onlayn biznesda ishlayman deb hisoblashadi, ya’ni daromad olish uchun birinchi sayt topish kerak va u yordamida Siz pul ishlaysiz.

Ular bir tarafdan to’g’ri o’ylashadi, ammo afsuski men bu qarorni qabul qilmayman. Sayt – bu oddiy maydoncha va u yerda oddiy operatsiya va funksiyalarni bajarish mumkin, shu yordamida albatta pul topasiz. Lekin, har bir yo’nalishda yuzlab sayt bor va ular qanchalik yaxshi bo’lmasin, Sizning daromadingizga bu salbiy ta’sir qilmaydi. Yana bo’lsa, 30-40% darajada saytsiz ham pul topish imkoniga ega bo’lish mumkin.

Ushbu toifadan xulosa esa, internetda pul ishlash uchun sayt asosiy masala emas, asosiy masala – bu Sizning bilim, tajribangizdir.

Agar Siz ushbu toifalarning biriga kirib turib, hali hamon sayt qidirayotgan bo’lsangiz, uznetdagi eng uzun ro’yxatga taklif qilaman.

Tajribali tajribasizlar

Uchinchi toifa, ular bir necha yildan beri internet biznesga qiziqib keladi. Internetda pul ishlash yo’llarini ko’p usulini va ular orqali daromad olish mumkin bo’lgan mashhur saytlarni ham bilishadi. Lekin, hali ham doimiy daromadga chiqishmagan…

Mana ular ikkinchi toifadagi odamlar bo’lib ulg’ayganlar hisoblanadi 🙂 Agar ikkinchi toifaga kirishmaganda, hozir internetda yaxshi daromad olishgan bo’lar edi…

Shu toifadagi odamlarga tafsiyam keyingi toifaga o’tish. Bu haqida pastda o’qishingiz mumkin…

Kasbchilar

To’rtinchi toifadan boshlab odamlarni endi maqtash vaqti ham keldi) O’zingiz ham hayron bo’lsangiz kerak, yuqoridagi toifalarni faqat kam tomonlarini aytib o’tdim, ammo bu afsuski shunday bo’lgani yaxshi… Bu toifaga kasbi borlar kiradi, ular juda kam murojat qilishgan, shunday bo’lsa ham ish bilan yoki oddiy tajriba almashish uchun muloqot olib borishgan.

To’rtinchi toifadan boshlab odamlarni endi maqtash vaqti ham keldi) O’zingiz ham hayron bo’lsangiz kerak, yuqoridagi toifalarni faqat kam tomonlarini aytib o’tdim, ammo bu afsuski shunday bo’lgani yaxshi… Bu toifaga kasbi borlar kiradi, ular juda kam murojat qilishgan, shunday bo’lsa ham ish bilan yoki oddiy tajriba almashish uchun muloqot olib borishgan.

Frilans – bu xizmat ko’rsatib pul ishlash. Siz qaysidir kasbni ustasisiz, misol uchun telegramda chat-botlar yaratasiz va Siz o’z xizmatlaringizni internetda targ’ib qilib ko’rsatasiz. Xaridorlar Sizga haq to’lab, xizmat buyurtma qiladi va frilanser shunday tarzda pul ishlaydi.

Frilansda start olish uchun birinchi kasb tanlash lozim. Kasblar ro’yxati:

  • Dizayner: logotip, banner, vizitka, sayt, mobil ilovalarni dizaynini yaratish;
  • Dasturchi: sayt, skript, telegram bot, mobil ilova, dasturlar va o’yinlarni yaratish;
  • Kopirayter, rerayter va tarjimon: maqola, tarjima va boshqalar;
  • SEO-mutaxassis: qidirish tizimlarda saytlarni targ’ib qilish bo’yicha usta;
  • Internet-marketolog: kontekst reklama, SMM, email marketing va PR bo’yicha usta;
  • Montajchi: intro, outro, rolik, film va videolarni montaj qilish;
  • Bitmeyker: bitlarni yaratish;
  • va yana bir nechta onlayn kasblar.

Siz ushbu ro’yhatdagi kasblardan birini tanlab, shu sohani o’rganishingiz kerak bo’ladi va undan so’ng Sizda 2 ta yo’l ochiq bo’ladi:

  • frilans bilan shug’ullanish: xizmatlarni internetda targ’ib qilib pul ishlash;
  • ishga borish: OLX yoki HeadHunter saytiga kirib ish topib ishlash.

Internet biznesmenlar

Eng oxirgi va meni fikrimcha eng to’g’ri yo’nalish tanlagan odamlarning toifasi. Bu soha – hayotdagidek biznesmen va investorlarning faoliyatlari. Ularning soni 100% aholidan, 1%ni tashkil etadi va ular 90% pulga egalik qilishadi…

Internetda ham deyarli shunday, ammo aniq soni haqida bilmayman. Siz internetda o’zingizni biznesingizni boshlashingiz mumkin. Ular internetda juda ko’p va yana bir qulay tomoni uni offlayn biznes bilan ham bog’lash mumkin.

Biznes yaratish uchun, birinchi g’oya kerak bo’ladi va shu g’oya bilan keyingi qadamlarni individual tarzda bosasiz!

Do’stlar, internetda hamma narsani hech kimdan so’ramasdan va iltimos qilmasdan o’rganish mumkin. Ustoz qidirish shart emas, Google – Sizning ustozingiz bo’ladi, Sizning muammolaringizni hohlagan paytingizda yechib bera oladi!

Maqola Sizga foydali bo’ldi degan umiddaman, agar savollaringiz bo’lsa, pastda fikrlar bilan bo’lishing, albatta o’zim 24 soat ichida javob berishga harakat qilaman.

29 комментариев

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *