Assalomu aleykum, aziz yurtdoshlar ! Sizni Get-Money.uz saytida ko’rib turganimdan juda hursandman, mening ismim – Asadbek Ibragimov. Bugungi maqolada biz webmoney yaratish va to’ldirish haqida bilib olamiz.
Bilmadim, ammo negadir ko’p odamlar YouTubeda pul ishlash va WebMoney haqida juda ko’p sorashadi. Ushbu maqolada aynan WebMoney haqida Sizga to’liq malumotni taqdim etaman. Biz bugun uni yaratilishi, ishlatilishi va qanday qilib hamyonni to’ldirish mumkinligi haqida bilib olamiz. Agar Sizga mavzu juda qiziq bo’lsa, unda boshladik!
WebMoney haqida kichik malumot
WebMoney 1998 yilda tashkil etilgan bo’lib, hozirgi kunda eng mashhur va eng zo’r to’lov tizimi hisoblanadi. U yerda millionlab odamlar ro’yhatdan o’tishgan va WebMoney sababli bir xil internet foydalanuvchilari onlayn tarzda daromad olishadi.
Ushbu elektron hamyonda bir-nechta valyutalar mavjud, qachondir so’m (WMY) ham bu ro’yhatda bor edi… 2011 yilda WMY o’z faoliyatini yakunladi va O’zbekistonda WebMoneyni to’ldirish va yechib olish juda qiyin masalaga aylanib qoldi.
Valyutalar :
WMZ (dollar) – ro’yhatdan o’tib bo’lgandan so’ng uni ochish mumkin;
WMR (rubl) – attestat olib yaratish kerak;
WME (evro) – bir nechta Evropa mamlakatlarida ishlatiladigan valyuta;
WMU (grivna) – Ukraina mamlakatining milliy valyutasi;
WMB (Belarus rubl) – Belarus Respublikasining valyutasi;
WMG (oltin);
WMX (bitcoin) – Bitcoin kriptovalyutasining valyutasi, 1 WMX = 0.001 BTC;
va boshqa valyutalar…
Qachondir WebMobey ro’yhatdan o’tganingiz uchun 30 WMZ, referallar jalb qilganingiz uchun 3 WMZ va internet magazin ulaganingiz uchun 100 WMZ bonus sifatida berar edi. Hozir esa odamlar “Персональный” va “Начальный” attestatni olish pul berishadi. Ammo “Формальный” attestat olish uchun sarmoya qilish shart emas.
WebMoney yaratish bo’yicha texnik masalalar
1. WebMoney.Ru saytida ro’yhatdan o’tish uchun Siz 18 yoshga to’lishingiz shart. Agar to’lmagan bo’lsangiz, unda ota-onangizni pasportini ishlatib yaratishingizga tog’ri keladi.
2. Ro’yhatdan o’tayotganda Siz WMZ yaratish imkoniga egasiz, WMR yaratish uchun Siz “Формальный” attestat olishingiz kerak.
3. Ro’yhatdan o’tib bo’lganingizdan so’ng Siz “Анонимный” attestat olasiz, bu attestat bilan Siz faqat to’ldirish imkoniga egasiz, yechib olish uchun “Формальный” attestat olish shart.
4. WebMoneyda bitta raqam bilan pochtani ikki marta ishlatish mumkin emas, shu sababdan har bir akkautingizga bitta raqam ajratishingiz kerak.
5. WebMoney yaratish mutlaqo bepul, pullik emas !
Attestatlar haqida
Анонимный – ro’yhatdan o’tib bo’lganingizdan so’ng beriladi va Siz faqat hamyoningizni to’ldirish imkoniga ega bo’lasiz, yechib olish uchun “Формальный” attestat olishingiz kerak.
Формальный – bepul beriladigan attestat va uni olish uchun Siz o’zingizni malumotlaringizni va skan pasportingizni jo’natishingiz lozim. Ushbu attestat Sizga WebMoney bilan to’liq foydalanish imkonini beradi.
Начальный – pullik attestat, uni olish juda onson ish emas, O’zbekistonda attestatorlar orqali ushbu attestatni olish mumkin. Attestatni olish 10000-20000 so’m atrofida va Sizni PhotoIDingiz bo’lishi shart.
Персональный – boshqalarga qaraganda eng zo’ri va deyarli imkoniyati keng. Ko’pincha bu attestatni obmen-servislarning adminlari va forex bozorida pul ishlaydigan odamlar olishadi. Chunki ular ko’tta summada pul savdo qilishadi !
Xulosa
Aziz vatandoshlar, bugun biz WebMoney haqida deyarli hamma malumotni bilib oldik, ushbu malumot qachondir Sizga kerak bo’ladi. Men bu yerda tugataman, Siz bilan Asadbek Ibragimov edi, maqola bilan do’stlashish esingizdan chiqmasin !
Menda hozir qaysi atestat ekanini qanday bilsam bo’ladi
Настройки’da
Menda atestatsiyani qanday olsam bóladi formalniyni órgatvoring
Salom, ma’lumotlaringizni oddiy WebMoneyga jo’natasiz.
Formalniy ni ochib bering
Salom. Bog’lanish bo’limiga o’tib, bog’laning…
Salom! Men WebMoney hamyon ochmoqchi edim ro’yhatdan to’liq o’ta olmayaman iltimos ro’yhatdan o’tish uchun video joylang
Unday qila olmayman, ammo 10000 so’mga yaratib berishim mumkin !
Raqamingizni bering wepmoneydan idinfeksiyadan o’tmoqchiman
Salom, uni OSON orqali qilasiz oka
Salom
Salom admin ! Savolim shuki bu websum qanaqa kurs orqali xisob kitobni amalga oshiradi misol uchun 10 $ 100 mingdan oshvoti qora bozordanam yuqoriku
Ha, ular kursni o’zlari baholashadi !
Web moneyda ruhatdan utdim lekin atestat ololmayapman hamma atestatlarni olish uchun nima kilish kerak
Formal attestat ham Sizga yetadi, olish uchun passport.webmoney.ru sayti bilan foydalaning !
WebMoney ni ishlatish uchun kartochkasini olishim kerakmi?
Yo’q !
visa qiwi dayam shundaymi
Yo’q, attestat olish shart emas Qiwida
Menga eletron hamyonWebMoney ochib berin
Pasport “skan”ga tushunolmadim bu “skan” nima?
Skaner, pasportning elektron nusxasi. Referatlar qiladigan joylarda va stol uslugda qilishiz mumkin, 1500 so’m bizda.
Аноним атестатдахам интернет магазин учун тулов киса боладими
Bilishimcha Formalda ham bo’lmaydi ) Nega ekanligini tushunyapsizmi ? Xayplar, loxotron saytlarni unga ulab bo’lmaydi !
xurmatli obmen men siz bilan muloqot qilishim kere soridigan narsalarim boridi elektron mailingizni yoki odnaqlasnik pochtangizni yozib qoldirishingizni iltimos qilaman yoki telegram nomeringiz xam boladi
Telegram : @uzbek_obmen
Акажон веб моней персональная атестат килиб бероласизми нархи канча булади
Salom. Oson.uz orqali qilish mumkin. Faqat karantindan so’ng
Admin gap bor +998902891802 telegram orqali kutaman ✊
Salom, o’ziz ulaning iltimos: @itmasteruzbekistan
Telegramga qanday qilib fikr qoldirsam bo’ladi, manga shunisi qulayroq edi.
@getmoneyorg – bu yerga yozing
Sayt yakunida “Savollar bo’lsa telegramga yozishingiz mumkin.” deb yozilgan. Ammo qanday qilib, yozib bo’lmayabdi. Telegramga yozishning iloji bormi ?
Ha, bemalol yozishingiz mumkin : @uzcard_obmen
web moneyga pul qo’ysam ularxam bank singari % tolashadimi javob uchun oldindan rahmat
Salom. WebMoney bitta tranzaktsiya uchun 0.8% oladi!
Formalnoy attestat uchun pasport qanday scan qilinadi ?
Ko’chaga borsez, fotoxizmatlarda qilib berishadi
Qaysi atestatda ekanimni qanday bilsam boladi. Iltimos to’liqroq javob bering
Salom. Webmoney.ru
Salom menda savol bor edi. Men webmoneydan parolimni unutib qoydim qanday bilsam yoki yangilasam boladi
WebMoney sistemasi juda g’alati, bitta parolni deb notariusga borish ham mumkin) Parolni unutdim degan link bo’yicha o’tib, yangilashga harakat qilib ko’ring. Agar ichida ko’p miqdorda pul yoki attestat bo’lmagan bo’lsa, boshqa raqamga yangisini yaratganingiz mumkin…
Webmoneyda TIN degani nima
Bunaqa narsa yo’q, adashmasam
salom Webmoneydagi Y-35302146… orqali jo’natuvchini kimligini bilsa bo’ladimi
Agar to’liq raqamini bilsez, 0.01% bilish imkoni bor)
Webmane ni 10000 ga ro’yxatdan o’tkazib beraman deb yozibsiz menxam ro’yxatdan o’tolmayapman siz bilan qando bog’lansam bo’ladi ?
Salom. Hozir bu xizmat taqdim etilmaydi.
Мен хозир Россиядаман вебмоней ва пайер хамён очсам очган хамёнларим Узбекистонда ишлайдими?. Жавоб учун олдиндан рахмат.
Ha, ishlaydi.
SALOM ADMIN MENING DO’STIMGA NETDA TAQIQLANGAN SAYTGA KIRGANINGIZ UCHUN MVDDAN 310000 SUM JARIMA TO’LANG DEGAN XABAR KELDI 6 SOAT ICHIDA MANASHU WEB MONEY XISOBIGA TASHLANG DEB YOZILGAN. INTERNETI BLOKLANGAN. BU QANCHALIK XAQIQAT.
Yolg’on!
Qayerga keldi xabar?
Assalomu alekum,man formalniy attestat olaolmayapman,passport seriya I nomerni qanaqadur xatolik devatti,yordam bering!
Salom, validatsiyadan ota olmayapsiz, shunga bo’lsa kere
qaysi attestat olib saytlarga tulov qilsa buladi iltimos chuntrvorilar
FORMAL
Assalom aleykum oka validatsiyez nima digani? man 2chi marta pasportimi skaner qib jonatim, birinchisida “не прошел проверку” db keldi
Sababi ko’rsatilgan bo’lishi kere