Qanday qilib elektron pochta (E-mail) yaratish va ochish mumkin ?

Assalomu Aleykum, Aziz internet foydalanuvchilari! Sizni Get-Money.Uz saytida ko’rib turganimdan juda hursandman, mening ismim – Asadbek Ibragimov. Bugun biz elektron pochta yaratamiz.

Juda ko’plab odamlar internetda pul ishlashni istashadi, ammo onlayn tarzda daromad olish uchun birinchi qadam bu (E-mail) yaratib olish demakdir. Har bir saytda ro’yhatdan o’tayotganda Sizdan elektron pochta so’rashadi. Shundan xulosa chiqarib, uni yaratishimiz kerak.

Ushbu maqolada Biz uni yaratishni o’rganib olamiz!

Agar bu mavzu Sizga juda qiziq bo’ladigan bo’lsa, unda o’zingizga qahva damlab, maqolani o’qishni boshlang !

Ushbu maqola internetda pul ishlashni boshlash istagida yurgan odamlarga juda foydali bo’ladi.

Elektron pochta haqida

Elektron pochta (ingliz tilida E-mail, yani “electronic mail”) – xat jo’natish bo’yicha texnologiya va xizmat hisoblanadi. Elektron pochta orqali xatlar va kerakli bo’lgan ma’lumotlarni o’qish uchun va kerakli bo’lgan fayllarni jo’natish uchun ishlatish mumkin.

Hozir internetni deyarli hamma foydalanuvchilarida elektron pochta mavjud va elektron pochtaning shakli quyidagicha:

isim@xizmatchi.domen

Isim – ushbu bo’limga Siz xohlagan isimni yoki so’zni kiritshingiz mumkin. Masalan : laqabingiz, yaxshi ko’rgan qizingizni/yigitingizni ismi bilan o’zingizni ismingiz yoki ismingiz bilan tug’ilgan yilingiz.

@ – elektron pochtaning belgisi.

Xizmatchi – elektron pochta servisini taqdim etadigan xizmatchi. Masalan: Mail, Gmail, Яндекс Почта va boshqalar.

Domen – elektron pochta servisini taqdim etuvchi xizmatchining domeni (manzili).

Sizning pochtangiz ham shunga o’xshagan bo’ladi!

ELEKTRON POCHTA YARATISH BO’YICHA YOZMA QO’LLANMA

Demak, pochta haqida to’liq bilib oldik va endi uni yaratishga o’tamiz. Men o’zim Gmail va Mail ishlatib kelmoqdaman, ammo Sizga men Gmail ishlatishni tavsiya qilaman, sababi sir emas ko’pchilik O’zbekistonliklarda Android tizimi smartfonlarga o’rnatilgan va Gmail yaratib, Siz o’zingizga akkaunt yaratgan bo’lasiz.

Birinchi qadam. Gmail.Com saytiga o’tib “Создать аккаунт” degan tugmaga bosamiz. Bosganimizda “Для себя” tugmasini tanlaymiz.

Ikkinchi qadam. Ismingiz bilan familiyangizni kiriting:

Uchinchi qadam. YYangi pochtangizga yangi ism kiriting.

To’rtinchi qadam. Yangi parol o’ylab, uni yana bir bor kiriting va “Далее” tugmasini bosing.

Beshinchi qadam. Telefon raqamingizni kiriting:

Telefon raqamingizni kiritayotganingizda, operator ko’dini va raqamni o’zini kiriting. Misol: 90 1234567

Oltinchi qadam. Tug’ilgan kuningizni va jinsingizni tanlang va “Далее” tugmasini bosing:

Yettinchi qadam. Chiqib kelgan oynachani pastga tushirib “Принимаю” degan tugmaga bosamiz:

Sakkizinchi qadam. Pochta yaratildi, endi ishlatishni boshlashingiz mumkin!

Xulosa

Demak, Aziz yurtdoshlar! Biz bu maqolada elektron pochta haqida to’liq ma’lumotga egamiz, uni yaratdik va ishlatishni bilib oldik. Agar Sizga maqola yoqgan bo’lsa, unda do’stlar bilan bo’lishish esingizdan chiqmasin!

Siz bilan blogger Asadbek Ibragimov edi, ko’rishguncha!

69 комментариев

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *