CLICK: tizim haqida, imkoniyatlari va evolutsiya

Hammaga Salom! Anchadan beri maqola chop etilmaganidan uzur so’rayman. Hozirgi kunda ko’pchilikda UzCard kartalari mavjud va u yordamida hech qayerga chiqmasdan, pul o’tqazish va to’lovlarni amalga oshirishimiz mumkin. Bugungi maqolada biz O’zbekistonni deyarli to’liq qamrab olgan to’lov tizimi haqida gaplashamiz! Yana CLICK Evolution yordamida UzCard kartasiz ham to’lovlarni amalga oshirish haqida bilib olamiz.

CLICK HAQIDA

CLICK to’lov tizimi 2011 asos olgan va hozirgi kunda o’zbek bozorini 75%ni egallagan. CLICK tizimi yordamida to’lovlarni amalga oshirish, pul o’tqazish va boshqa qulay imkoniyatlar bilan foydalanishimiz mumkin.

CLICK – dekabr oyida o’zining yangi mobil ilovasini va saytini taqdim etdi, dark variantda. Juda foydali va qulay deb hisoblayman, g’arbda bunday ilovalar juda mashhur hisoblanadi.

CLICK tizimiga ulanish

Albatta birinchi qadam bilan Uzcard ochish kerak bo’ladi, agar Sizda Uzcard bor bo’lsa, keyingi qadamga o’tishingiz mumkin. Uzcard ochish uchun o’zingizga qulay bo’lgan bankga borib, Uzcard ochishga ariza topshirasiz va bir necha kunda kartangiz tayyor bo’ladi.

Keyingi qadam bilan SMS-xabarnomani ulashingiz lozim.

SMS-xabarnomani ulash

Ulanish juda oson, eng yaqin bo’lgan bankomatga borasiz.

Kartangizni bankomatga kiritasiz va rus tilini tanlaysiz:

Rus tilini tanlaganim sababi, bankomatlar juda har xil va o’zbek tili umuman boshqacha bo’lishi mumkin. Universal bo’lsin degan maqsadda rus tilida qilishga qaror qildim.

Rus tilini tanlaganingizdan keyin kartangizni PIN-kodini kiritasiz:

Bosh menyuda “Услуга смс-информирования” tanlaysiz:

Undan keyin ushbu xizmatni qo’shish uchun “Подключить услугу” tugmasini bosing:

Telefon raqamingizni kiritib “Далее” tugmasini bosing:

Agar hammasini to’g’ri qilgan bo’lsangiz, shu haqida xabar olasiz.

CLICK – bir nechta usul bilan foydalanish

Sir emas, CLICK to’lov tizimi bir nechta usul bilan foydalanish imkonini beradi. Keling, ularni barchasini ko’rib o’tamiz.

USSD

Sir emas, 2011-yilda CLICK to’lov tizimi start olgan va birinchi bo’lib aynan USSD-so’rov yordamida ishlagan.

*880# orqali Siz u bilan foydalanishingiz mumkin

Ulanish: *880*karta raqami*karta muddati#

Kartadan kartaga pul o’tqazish: *880*karta raqami*summa#

CLICK Evolution

CLICK to’lov tizimining yangi chop etilgan mobil ilovasi – Dark variantida taqdim etilgan. Juda qulay va tez ishlaydi.

Ilovani yuklab olish

Telegram-bot

O’zbekistondagi eng mashhur messendjer yordamida ham Siz to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Chat yordamida ham pul o’tqazish va har xil funksiyalar CLICK tomonidan taqdim etiladi.

Bot manzili: @clickuz

Web-application

Agar Siz kompyuter yoki noutbukda ko’pincha o’tiradigan bo’lsangiz, shaxsiy kabinetga kirib CLICKning barcha funksiyalari bilan my.click.uz orqali foydalanishingiz mumkin.

Qanday qilib plastik kartasiz CLICK tizimi bilan foydalanish mumkin?

Juda oson, CLICK Evolution mobil ilovasida CLICK hamyon funksiyasi mavjud. Siz virtual UzCard yaratishingiz mumkin.

Yana bir narsani aytish lozim, kelajakda CLICK hamyon internet biznesda yaxshi o’ringa ega bo’lishi mumkin va UzCardsiz ham to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari kengayadi degan umiddamiz.

Hozircha, internetda pul ishlash va to’ldirish uchun Webmoneydan foydalanishingiz mumkin. Uni yaratish va ishlatish haqida bu maqolada o’qing.

CLICKning offitsial sayti: https://click.uz/uz

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *